Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktyabrdagi 5850-sonli “Oʼzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora- tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni va 2020-yil 10 apreldagi 135-sonli “Oʼzbek tili bayrami kunini belgilash to'g'risida“gi Qarorida aks etgan vazifalar ijrosini ta'minlash hamda Kompaniya tuzilmalarida “Oʼzbek tili bayrami kuni”ni keng nishonlash maqsadida bugun, 4 oktyabr kuni Bosh Kompaniya va hududiy tuzilmalar xodimlari uchun, Zoom elektron dasturidan foydalangan holda, “Davlat tilining rivojlanishi- muammo va yechimlar” mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Unga asosiy ma`ruzachi etib Toshkent moliya institutining adabiy maslahatchisi, publitsist - yozuvchi Nuriddin Ochilov taklif etildi.Unda oʼzbek tilining nufuzi, lotin alifbosiga oʼtishda uchrayotgan muammolar, oʼzbek tilini rivojlantirishda zarur boʼlgan omillardan foydalanish haqida soʼz bordi.