Bugun "Turkiston saroyi" konsert zalida milli o'zligimiz faxri bo'lmish 21oktabr-O'zbek tili bayrami kuniga bag'ishlangan tantanali marosim bo'lib o'tdi. Unga Prezident administrasiyasi, Vazirlar Mahkamasi, shahar hokimligi, turli tashkilotlar maslahatchilari, muallim- ustozlar, Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmasi, Ma'naviy-ma'rifiy madaniyat markazi vakillari, madaniyat va san'at xodimlari taklif etilgan. Tadbir davlat madhiyasidan so'ng, O'zbekiston Respublikas Preziidentining bayram tabrigi bilan boshlandi.Uni Prezidentining ijodiy ishlar bo'yicha davlat maslahatchisi Xayriddin Siltonov o'qib eshittirdi.So'ngra bayramga bag'ishlangan konsert tantanali tadbirni davom ettirdi.Konsert oralig'ida turli chet ellik madaniyat namoyandalarining bayram tabriklari yangradi hamda O'zbek tilini rivojlantirishga o'zining munosib hissasini qo'shgan qator ijodkorlar, yozuvchilar, jurnalistlar, olimlar, maslahatchilar qimmatbaho sovg'alar bilan mukofotlandilar.
24.10.2022