Latviya Transport vositalari Sugʼurtalovchilarining byurosi- LTAB bilan hamkorlikda tashkil etilgan malaka oshirish kurslarining dasturi asosida "Oʼzbekinvest" SK ning bir guruh xodimlari- Sugʼurta daʼvolarini koʼrib chiqish departamenti bosh menejeri O.O.Murodov, Sugʼurtada axborot texnologiyalari departamenti bosh menejeri I.Sh.Galimov, “Oʼzbekinvest Аssistans” MChJ direktori А.M.Maxmudovlar shu kunlarda Oʼzbekistonda yangi tadbiq etilgan sugʼurta xizmati - "Evroprotokol" mavzusidagi oʼquv mashgʼulotlarida ishtirok etmoqdalar. Unda xizmat koʼrsatish turlari, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi yuzaga kelgandan soʼng sugʼurta toʼlovlarini toʼlash uslubi, ushbu yoʼnalishda Latviya tajribasi va yangiliklar haqida maʼlumotlar berilmoqda.
11.05.2022