Bugun “O‘zbekinvest” kompaniyasi xodimlari uchun "Direktorlar va rahbar xodimlar javobgarligi sug‘urtasi,xorij tajribasi haqida" mavzusida vebinar bo‘lib o‘tdi. Vebinarda AON Central and Eastern Europe a.s. ijrochi direktori Mariya Bogatireva taqdimot qildi.
Direktorlar va rahbar xodimlar javobgarligi sug‘urtasi - bu rahbarlar va mansabdor shaxslarning kompaniya egalari, uning aksiyadorlari va uchinchi shaxslar oldidagi zararni qoplash bo‘yicha da'volar uchun javobgarlik sug‘urtasi. Bunda sug‘urta kompaniyasi nafaqat noto‘g‘ri boshqaruv qarorlari tufayli yetkazilgan zararlarni, balki tegishli xarajatlarni ham qoplaydi.
Trening ishtirokchilari ushbu mavzu bo‘yicha ilg‘or xorijiy amaliyotni o‘rganib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.