O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan belgilangan vazifalarga muvofiq, shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish maqsadida “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi O‘zbekistonning mahalla va aholi punktlarida qishloq va shahar aholisining keng qatlamlarini sug‘urta himoyasini, shu jumladan raqamli platformalardan foydalanish orqali ta'minlash bo‘yicha faoliyatini tubdan kengaytirdi.
Sug‘urta mahsulotlarini sotishni rivojlantirishga yoshlar va universitet talabalari orasidan yangi sug‘urta agentlari jalb etildi. 2023-yilda sug‘urta agentlari tomonidan 40,5 milliard so‘mlik polislar rasmiylashtirilgan, bu 2022-yilning shu davriga nisbatan 6 barobar ko‘pdir.
Jumladan, 18 mingdan ortiq mahalla fuqarolarining ko‘char va ko‘chmas mulklari jami 1,1 trillion so‘mlik majburiyatlari bo‘yicha sug‘urta himoyasi bilan ta'minlandi, 118,7 ming nafar mahalla fuqarolarining, shu jumladan keksalarning sog‘lig‘i kasalliklar va baxtsiz hodisalardan 907 mlrd. so‘mlik sug‘urta majburiyatlari bo‘yicha sug‘urta qilindi.
2023-yilda “O‘zbekinvest” kompaniyasi tomonidan “mahallabay” dasturi doirasida amalga oshirilgan polislar bo‘yicha 2500 dan ortiq mijozga 17,1 milliard so‘m sug‘urta tovonlari o‘z vaqtida to‘lab berildi.
“Mahallabay” tizimi doirasida “O‘zbekinvest” kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda mamlakatning shahar va qishloq aholisi mol-mulkini tabiiy ofatlardan sug‘urtalashga, shuningdek, aholi va tadbirkorlik sub'ektlarining sug‘urta madaniyatini oshirishga qaratilgan 2023-2026 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqdi.
2024-yilda “O‘zbekinvest” kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston mahallalarida aholini sug‘urta himoyasi bilan ta'minlash, ularning moliyaviy xizmatlarning ushbu turiga ishonchini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar respublikaning barcha hududlarida davom ettiriladi.