Mahallabay

chop etish versiyasi
31.05.2022

"Oʼzbekinvest" EISK АJ tomonidan "Mahallabay" dasturi asosida eʼtiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Shular qatorida viloyat xokimliklariga tashrif buyurib, tumanlarining mahallarida aholining band boʼlmagan qatlamini ish bilan taʼminlash maqsadida Ye- AGENT yoʼnalishi boʼyicha joylarda tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Kompaniyaning Bosh menejeri Iroda Аrifxodjaeva va katta menejeri Samidullo Mahmudov Аndijon shahri tumanlarida ochilgan avtosugʼurta punktlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar Islombek Mirzaev va Qulmatov kabi sugʼurta agentlari bilan uchrashib, birma- bir suhbat qurdilar, targʼibot - tashviqotda uchrashi mumkin boʼlgan xatoliklarni oldini olish, shaxslararo munosabatlarning ijobiy natijalarga olib kelishiga omil boʼluvchi uslublar xaqida soʼzlab berdilar. Sugʼurta polislarni sotib olishda yengillik yaratuvchi mobil qurilmaning imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirdilar. Tashkiliy ishlar boʼyicha alohida maslahatlar berildi.