"Oʼzbekinvest" SK si xodimlaridan Sugʼurtaning chakana savdo departamenti Bosh menejeri Iroda Аrifxodjaeva va "mahallabay"dasturi boʼyicha mutaxassis Samidullo Mahmudovlar Vazirlar Mahkamasining 152- sonli "Mahallabay" ishlash tizimini amaliyotga joriy etish va aholining tadbirkorlik tashabusslarini yanada qoʼllab quvvatlash chora tadbirlari toʼgʼrisida"gi Qarori ijrosini taʼminlash borasida joylarga chiqqan holda qator ishlarni amalga oshirmoqdalar va targʼibot- tashviqot ishlari, albatta, oʼz samarasini bermoqda. Jumladan, Qarshi tumani Batosh qishlogʼi fuqarosi- tadbirkor Muhabbat Madieva 50 000 000 soʼmlik sugʼurta polisiga ega boʼldi. Аyni damda "Barakali doʼkon" sugʼurta polisini sotib olish istagini bildirdi. Shuningdek, Gʼuzor tumani Qoratikon qishlogʼi fuqarosi Ramazon Yuldashev montyor boʼlib ishlasa-da qoʼshimcha daromadga qiziqib, asosiy ishdan boʼsh vaqtda pul topish imkonini beradigan Ye-AGENT kasbini egallashga ahd qildi.
14.04.2022