Mahallabay

chop etish versiyasi
16.04.2022

Vazirlar Mahkamasining 152- sonli "Mahallabay" ishlash tizimini amaliyotga joriy etish va aholining tadbirkorlik tashabusslarini yanada qoʼllab quvvatlash chora -tadbirlari toʼgʼrisida"gi Qaror ijrosini taʼminlash borasida "Oʼzbekinvest"SK ning vakillari - Chakana savdo biznesi va elektron sugʼurta biznesini rivojlantirish Departamenti Bosh menejeri Iroda Аrifxodjaeva va "Mahallabay" tizimini rivojlantirish boʼyicha menejer Samidullo Mahmudovlarning navbatdagi sayyor xizmat safari
Jizzax tumanida boʼlib, ular ishtirokida Jamiyatning filial xodimlari va mahalla faollari uchun "E-polis-davr talabi!"mavzuidagi amaliy seminar- trening oʼtkazildi.Unda Ye -polisning mohiyati, ishlash tizimi,zamonaviyligi va qulayligi bilan mahalla aholisini yaqindan tanishtirish uslublari xaqida soʼz bordi.Seminar maboynida Ye-polisni elektron rasmiylashtirishning amaliy mashqi ham boʼlib oʼtdi va ishtirokchilar oʼz misollarida Ye - polisga ega boʼldilar.