Vazirlar Mahkamasining 152- sonli "Mahallabay" ishlash tizimini amaliyotga joriy etish va aholining tadbirkorlik tashabusslarini yanada qoʼllab quvvatlash chora -tadbirlari toʼgʼrisida"gi Qaror ijrosini taʼminlash borasida "Oʼzbekinvest"SK ning vakillari - Chakana savdo biznesi va elektron sugʼurta biznesini rivojlantirish Departamenti Bosh menejeri Iroda Аrifxodjaeva va "Mahallabay" tizimini rivojlantirish boʼyicha menejer Samidullo Mahmudovlarning navbatdagi sayyor xizmat safari boʼyicha Nukus shahriga tashrif buyurib, hokim oʼrinbosarlari bilan hamkorlikni yoʼlga qoʼydilar. Mahalliy aholi orasida sugʼurta faoliyatidagi yangiliklar, sugʼurta mahsulotlarining turlari, taklif etilayotgan sugʼurta himoyasining ijobiy tomoni haqida batafsil tushuncha berishda va hujjatlarni rasmiylashtirishdagi rioya etiladigan talablar hamda "Mahallabay" dasturi boʼyicha bosqichma- bosqich amalga oshirilishi lozim boʼlgan rejalar haqida kelishib olindi.
18.04.2022