"Mahallabay" dasturi boʼyicha rejadagi ishlarni bosqichma- bosqich amalga oshirilishining samarasini sugʼurta hodisasi oqibatida sugʼurta qoplamasini olgan fuqarolarning kayfiyatidan bilish mumkin. Jumladan, Ellik qalʼa tumani Qirqqiz Obod fuqarolar yigʼinida yashovchi fuqaro Bahtiyorjon Sadullaev atigi 35 ming soʼmga uy-joyini sugʼurta qildirgan edi. Sugʼurta hodisasi oqibatida koʼrilgan ziyon "Oʼzbekinvest" SK tomonidan 20 mln.soʼm miqdorida qoplandi. Bu voqeaga guvoh boʼlgan qoʼshni xonadon sohibasi Zaynab opa oʼzining uy joyini shu yerning oʼzida sugʼurta qildirdi.
"Oʼzbekinvest" SK ning "Mahallabay" tizimi boʼyicha rejalashtirgan ishlari joylarga chiqqan holda davom ettiriladi.