Mahallabay

chop etish versiyasi
22.04.2022

Toshkent Moliya Institutining "Oʼzbekinvest" bilan hamkorlik Memorandumi asosida rejalashtirilgan ishlar doirasida bugun, 21.04.22y kuni Kompaniyaning "Mahallabay" tizimi boʼyicha menejeri Samidullo Mahmudov va Toshkent shahar filiali xodimi ishtirokida institutning sugʼurta va bank ishi fakulьtetining 3- kurs talabalari uchun amaliy mashgʼulot boʼlib oʼtdi. Аmaliy mashgʼulot maboynida talabalar Kompaniyaning Ye- AGENT uchun yaratilgan mobil ilovasidan foydalanishni va uning imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar. Dars maboynida sugʼurtaning tarixi, uning rivoji va sugʼurta agenti kasbining yutugʼi hamda sugʼurta mahsulotlatining sotilishida uchraydigan muammolari haqida soʼz bordi. Аmaliy mashgʼulotning samarasida bir nechta talabalar sugʼurta agenti boʼlib ishlash istagini bildirdilar.