Mahallabay

chop etish versiyasi
07.05.2022

"Oʼzbekinvest" EISK ning joriy yilga moʼljallangan "Yoʼl xaritasi" ga asosan "Mahallabay"dasturi boʼyicha ish olib borayotgan sayyor guruh xodimlari Toshkent viloyati Qibray tumaniga tashrif buyurishdi. Hududga qarashli Yongʼinga qarshi kurash boʼlimi hamda mehnat va bandlik tizimi xodimlari ishtirokida uchrashuv boʼlib oʼtdi. Taqdim etilgan maʼlumotlar boʼyicha, 2021 yilda mahalliy aholining 80 ga yaqin xonadon egalari yongʼindan aziyat chekkanlar. "Oʼzbekinvest" sugʼurta kompaniyasining "Mahallabay" dasturi boʼyicha menejeri Samidullo Mahmudov bilan boʼlib oʼtgan suhbat maboynida ana shunday noxush holatlarda xonadon egalariga ham amaliy, ham moliyaviy yordamni taʼminlovchi "Oʼzbekinvest" SKi tomonidan taklif etilayotgan sugʼurta mahsulotlarining ahamiyati va mohiyati xaqida soʼz bordi. Аholi orasida sugʼurta sohasiga oid bilimlarini oshirish, targʼibot- tashviqot ishlarini olib borish, ishsiz aholining bandligini taʼminlash borasida kelgusidagi hamkorlik vazifalari belgilab olindi.