Mahallabay

chop etish versiyasi
12.05.2022

“Oʼzbekinvest” EISK АJ ning hududiy filiallarida "Mahallabay" dasturi doirasidagi sayyor uchrashuvlar davom etmoqda. Ulardan biri Kompaniyaning Chakana sugʼurta biznesi va elektron sugʼurta turlarini rivojlantirish departamenti xodimlari I. Аrifxodjaeva, S.Maxmudov va Sh.Raxmonovlar ishtirokida Surxondaryo viloyati filialida boʼlib oʼtdi. Tadbir maboynida Ye-AGENT ning vazifalari, imkoniyati, ye-polis sotishdagi uslubiy yondoshish, uning yutuqlari va
" mahallabay " ishlash dasturi bilan yaqindan tanishtirildi, nazariy bilimlar amaliy mashgʼulotlar bilan mustahkamlandi.

Kompaniya xodimlari, sayyor uchrashuvning ikkinchi yarmida, Surxondaryo viloyatining ZIF TEKSTIL MChJ tikuv fabrikasiga tashrif buyurib, uning 1.5 ming nafardan ziyod mehnat jamoasi bilan ochiq muloqot oʼtkazdilar. Unda fabrika ishchi-xodimlarining sugʼurta madaniyatini oshirishga yoʼnaltirilgan sugʼurta himoyasining mazmun- mohiyati xaqida soʼz bordi.