Mahallabay

chop etish versiyasi
20.05.2022

"Oʼzbekinvest" EISK АJning joriy yilga moʼljallangan "Yoʼl xaritasi" asosida "Mahallabay" ish yuritish boʼyicha talaygina ishlar rejalashtirilgan. Shular qatorida Kompaniyaning hududiy filiallar xodimlari va mahalla faollari bilan hamkorlikda ish yuritishlaridir.

Maqsad esa aniq: "Oʼzbekinvest" SK ning sugʼurta mahsulotlari va xizmatlari xaqida targʼibot-tashviqot ishlarini olib borish va aholi orasida sugʼurta sohasidagi bilimlarini yanada kengaytirishdir.

Bugun 19.05.22 y.kuni kompaniya xodimlari Urgench Davlat Universitetida talabalar bilan uchrashuv oʼtkazdilar.

"Maridak" mahalla faollari, yoshlar yetakchisi, blogerlar ishtirokidagi tadbirda sugʼurta bozorida yetakchi boʼlgan "Oʼzbekinvest" kompaniyasining taqdimoti, taklif etilayotgan sugʼurta polislarining ijobiy tomonlari, uni rasmiylashtirishdagi yangiliklar, yozgi mavsumga rejalashtirilgan aktsiyalar xaqida soʼz bordi. Tadbir davomida talabalarni qiziqtirgan savollarga tadbir ishtirokchilari toʼla- toʼkis javob berdilar.