Makon Marketing Forum- 2022

chop etish versiyasi
23.05.2022

Joriy yil 21.05 kuni poytaxtimizning "Hyatt Regency Tashkent"
mehmonxonasida "Makon" Marketing Forum- 2022" IV xalqaro biznes anjumani boʼlib oʼtdi. Аnʼanaviy tadbir Oʼzbekiston Respublikasi monopoliyaga qarshi kurash qoʼmitasi (ACRU) va Oʼzbekiston Marketing Аssosatsiyasi (marketing.uz) hamkorligida tashkil etildi. "Strategiya- biznes rivoji" shiori ostida oʼtkazilgan anjumanda 220 dan ziyod tashkilotlar va 300 dan ortiq mahalliy marketologlar hamda Italiya, Rossiya, Hindiston, Qozogʼiston kabi davlatlardan spikerlar ishtirok etdilar. Xalqaro anjumandan koʼzlangan maqsad- yurtimiz bozorida oʼz mahsuloti va xizmatini taklif etayotgan tashkilot va kompaniyalarning oʼtgan davr faoliyatiga baho berish hamda marketing yoʼnalishidagi yangi, zamonaviy uslub, xorijiy bilim va tajribalar bilan boʼlishish hamda dastur asosini tashkil etgan va 25 ta nominatsiyalar asosida aniqlangan "Yil brendi" mukofotining gʼolibini eʼlon qilishdir.