«Oʼzbekinvest»ning "Sugʼurta maktabi" tomonidan Kompaniya xodimlari va sugʼurta agentlari malakalarini tizimli ravishda oshirib borish dasturi asosida seminar-treninglar va vebinarlar tashkil etib borilmoqda. Jumladan, bugun, 04.10.22 y kuni, Kompaniya hududiy filiallarida sugʼurta daʼvolarini koʼrib chiqishga maʼsul xodimlarning kasb malakalarini oshirish hamda sugʼurta daʼvolarini koʼrib chiqish faoliyatini yanada takomillashtirish va yaxshilash maqsadida Bosh kompaniya binosida 3 kunlik seminar-trening oʼz ishini boshladi.
Bugungi oʼquv mashgʼuloti sugʼurta daʼvolarini hal etishning umumiy tartibi, sugʼurta daʼvolari koʼrib chiqish jarayonida koʼp uchraydigan xatolar va ularni bartaraf etish yoʼllari xaqida soʼz bordi. Xususan, harbiy xizmatchilarni sugʼurtalash va mulkni sugʼurtalash boʼyicha daʼvo ishlarini hal etishda zarur boʼlgan amaliy maslahatlar berildi.
04.10.2022