Xalqaro qayta sugʼurtalash tajribasi “Oʼzbekinvest” SK faoliyatida

chop etish versiyasi
31.10.2022

Bugun, joriy yil 31 oktyabr kuni “Oʼzbekinvest” EISK АJ ning “Sugʼurta akademiyasi” tomonidan Kompaniya xodimlari uchun “Qayta sugʼurta: optimal sharoitlarni yaratuvchi uslublar” mavzuidagi seminar trening boʼlib oʼtdi. Unda Kompaniyaning hududiy filiallari tarkibiy tuzilmalari xodimlari ham ZOOM ilovasidan foydalangan holda ishtirok etdilar. Oʼquv mashgʼulotiga asosiy maʼruzachi etib, Rossiya Federatsiyasi hukumati qoshidagi Rossiya aktuarlari Gildiyasi boshqaruv raisi, “Sberbank straxovanie” SK ning Bosh direktori oʼrinbosari, xalqaro aktuariylar assosatsiyasining “Evroosiyo va Yaqin Sharq mamlakatlarida aktuar faoliyati” qoʼmitasi raisi Vladimir Viktorovich Novikov taklif etildi.