Joriy yilning 30-iyul' kuni “O‘zbekinvest” EISK AJda korrupsiyani oldini olish, qonun buzilishlari, ularning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish maqsadida « Manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish» mavzusida Bosh kompaniya xodimlari hamda hududiy filiallarining xodimlari ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Seminarni “O‘zbekinvest” AJ Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari R. Xalikov ochib berib, kompaniyada korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5177-sonli Qarori qabul qilinganligi va mazkur Qaror bilan barcha davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilanganligini ta'kidlandi.
Jumladan, “O‘zbekinvest” AJ markaziy apparatida Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat va xavfsizlikni ta'minlash departamenti qaytadan tashkil etilganligi hamda ushbu departament tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda muayyan ishlar olib borilayotganligi haqida ma'lumot berildi.
Tadbirda so‘zga chiqgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bosh inspektori Sardor Mamanov tomonidan kompaniya xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 5 iyun' sanasida qabul qilingan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni haqida batafsil ma'lumot berildi.