“O‘zbekinvest” kompaniyasida Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan seminar-yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

chop etish versiyasi
25.04.2024

Xalqaro mehnat tashkilotining tashabbusi bilan 2003 yildan buyon 28 aprel' – Butun jahon mehnatni muhofaza qilish kuni sifatida keng nishonlab kelinmoqda.

O‘zbekistonda ham ish joyida jarohatlanish hamda kasb kasalliklarining oldini olish, mehnat muhofazasini tashkil qilish masalalari yuzasidan tadbirlar o‘tkazilmoqda.

2024 yil 24-aprel' kuni “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi AJ tomonidan “Butun jahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlangan hamda O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi Qonunning qabul qilinishi hamda “Xavfsizlik, salomatlik va kelajakdagi mehnat” mavzusida seminar  tashkil etildi.

Ushbu seminarda taklif etilgan ishtirokchilar - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi tibbiyot bosh boshqarmasi 2-sonli markaziy konsul'tativ diagnostika poliklinikasi vrachi, tibbiyot fanlari doktori A.Alimova, Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchisi “Mehnat training” MChJ direktori hamda “O‘zbekinvest” kompaniyasining xodimlari qatnashdilar.

Seminarga taklif etilgan mutaxassislar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 10-martda "Mexnatni muxofaza kilish tugrisida"gi konun yangi tahrirda kabul kilinganligi, Qonun ijrosini taminlash maksadidaolib borilayotgan ishlar, amalga oshirilshi lozim bulgan tadbirlar to‘g‘risida hamda baxtsiz xodisa ruy berganda shifokor kelgunga kadar birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish buyicha ma'lumot berildi.