2018-yilning 8-sentabr kuni «Next» ko'ngilochar savdo markazida “O'zbekinvest” milliy sug'urta kompaniyasi tomonidan aholi o'rtasida sug'urta xizmatlarini yanada ommalashtirish, sug'urta himoyasining afzalliklarini keng targ'ib qilish, kompaniya tomonidan ishlab chiqilayotgan yangi sug'urta turlari bilan tanishtirish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan mijozlarni tabriklash maqsadida o'tkazilgan «Men O'zbekistonni sevaman» aksiyasining yakuniy marosimi bo'lib o'tdi.
Mazkur tadbirda kompaniya mijozlari, «Next» ko'ngilochar savdo markaziga tashrif buyurgan xaridorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Tashkilotchilar tomonidan ma'lumot berildiki, “O'zbekinvest” kompaniyasi tomonidan sug'urta himoyasining afzalliklarini tushuntirishga qaratilgan targ'ibot ishlari natijasida oxirgi yillarda kompaniyaga nisbatan mijozlar ishonchi ortmoqda.
Kompaniya imijini ommalashtirish va sug'urta xizmatlarini targ'ib qilish hamda aholining sug'urta haqidagi xabardorlik darajasini oshirish maqsadida reklama-marketing faoliyatini faollashtirish bo'yicha tadbirlarni tashkil etish yaxshi an'anaga aylangan. Xususan, aholi o'rtasida Vatanga nisbatan muhabbat va daxldorlik tuyg'ularini shakllantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligiga bag'ishlab kompaniyaning facebook ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida o'tkazilgan “Men O'zbekistonni sevaman” nomli tanlov yakunlari ham e'lon qilindi. Ta'kidlash joizki, ushbu aksiya mingdan ortiq ishtirokchilarni qamrab oldi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o'rtasida viktorina ham tashkil etilib, O'zbekiston Respublikasi mustaqilligi tarixi va ramzlari bilan bog'liq savollar berildi va ularga to'g'ri javob qaytarganlarga kompaniyaning esdalik sovg'alari taqdim etildi.
Shuningdek, “Men O'zbekistonni sevaman” aksiyasining 3 nafar g'olibiga zamonaviy mobil telefon apparati, planshet va noutbuk topshirildi.
«O'zbekinvest» EIMSK Axborot xizmati