“O‘zbekinvest” kompaniyasi #MenDonorman aksiyasida ishtirok etdi!

chop etish versiyasi
07.10.2025

Jamiyat farovonligi va inson hayotini saqlab qolish yo‘lida hissa qo‘shish — “O‘zbekinvest” kompaniyasining eng muhim qadriyatlaridan biridir.
Shu maqsadda kompaniyaning xodimlari #MenDonorman aksiyasi doirasida qon topshirib, o‘zining ezgulik, mehr-oqibat va birdamlikka sodiqligini namoyon etdilar.
Biz har bir tomchi qon — inson hayotini saqlab qolish imkoniyati ekanini chuqur his qilamiz.
Ushbu xayrli tashabbus orqali “O‘zbekinvest” jamoasi sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ijtimoiy mas’uliyatni oshirish va jamiyatda insonparvarlik g‘oyalarini kuchaytirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Ezgulik — eng yuksak qadriyat!
Birgalikda yaxshilik qilish — bu bizning eng katta yutug‘imiz!