"Oʼzbekinvest" Eksport Import Sugʼurta Kompaniyasi” АJ tomonidan yurtimiz aholisiga taqdim etayotgan 200 dan ortiq sugʼurta turlari mavjud boʼlib, ularning barchasi keng koʼlamli xizmatlarni koʼrsatish maqsadida joriy etilgan.Shu kunlarda sugʼurta mahsulotlaridan yana bir yangisi - “Gaz hisoblagichlarini sugʼurta qilish” turi tadbiq etilmoqda.
Ushbu sugʼurta mahsuloti shartnomasi sugʼurtaga olinayotgan gaz hisoblagichini, u oʼrnatilgan joyni va texnik hujjatlarni (hisoblagich pasporti yoki sertifikatlar) koʼrib chiqilishi asosida tuziladi va sugʼurta shartnomasiga muvofiq sugʼurta hodisasi ruy bersa, yaʼni sugʼurta davrida sugʼurtalangan gaz hisoblagichi yonib ketsa, portlasa,shikastlansa yoki nobud boʼlsa, gaz hisoblagichining sugʼurta shartnomasi tuzish paytidagi qiymatiga teng ravishdagi sugʼurta qoplamasi belgilanadi va toʼlanadi.
Buning uchun sugʼurta hodisasi sodir boʼlganda Sugʼurtalanuvchi baʼzi zaruriy choralarni koʼrishi kerak boʼladi, bular:
a) Sugʼurtalovchi yoki uning vakolatli vakilini uch kundan kechiktirmasdan barcha mumkin boʼlgan usullar bilan (telefon, faks, telegraf va boshqalar) xabardor qilish va 5 bank kunidan kechiktirmasdan voqeaning batafsil tafsilotlari koʼrsatilgan holda belgilangan shakldagi yozma arizani taqdim etish;
b) zararlangan gaz hisoblagichini koʼrib chiqish uchun taqdim etish, agar Sugʼurtalovchi vakili tekshirish uchun bora olmaganda, 10 kun muddatda oʼziga qulay boʼlgan tarzda gaz hisoblagichining fotosurati yoki video tasvirini Sugʼurtalovchiga taqdim etish;
v) sugʼurta qoplamasini toʼlab berish boʼyicha ariza, sugʼurta polisining asl nushasi va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar (gaz hisoblagichining identifikatsiya hujjatlari va pasport) taqdim etiladi.
Sugʼurta qoplamasi miqdori va toʼlash tartibi.
Sugʼurta hodisasi sodir boʼlganda sugʼurta qoplamasi gaz hisoblagichining sugʼurta shartnomasini tuzish paytidagi qiymatiga teng ravishda va sugʼurta hodisasi toʼgʼrisidagi Dalolatnoma imzolanganidan soʼng 5 kun ichida toʼlanadi.
28.04.2022