Uzbekinvest 2022 yil yakunlari bo‘yicha kompaniyaning hududiy filiallarida faol ishlagan xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida doimiy o‘tkazib kelinayotgan “Eng yaxshi hududiy filial”, “Eng yaxshi bo‘lim”, “Eng yaxshi anderrayter” , “Eng yaxshi sug‘urta agenti” hamda “Xodimlar bilan ishlash bo‘yicha eng yaxshi xodim” tanlovlari g‘oliblarini e’tirof etdi.
Tanlovning maqsadi 2022 yil yakunlari bo’yicha eng yuqori ko’rsatkichlarga erishgan xodimlarni aniqlab ularni munosib taqdirlashdan iborat edi. Joriy yilning 2-3 may kunlari Farg’ona vodiysining Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlarida bo’lib o’tdi.
2022 yil yakunlari bo‘yicha Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlari filiallaridagi “Yilning eng yaxshi anderrayteri” tanlovi bo‘yicha g‘oliblari:
Xamdamov Fayzullo Ne'matullaevich (Andijon viloyati);
Kalanova Kamola Djamalitdinovna (Farg‘ona viloyati);
Djumanov Murod Shukurjonovich (Namangan viloyati).
2022 yil yakunlari bo‘yicha Andijon viloyati filialidagi “Yilning eng yaxshi sug’urta agenti” tanlovi bo‘yicha g‘oliblari:
Sodikova Gulnoza Maribjon qizi (Andijon viloyati).
Kompaniya rahbariyati hududiy filiallarda faoliyat yurituvchi mutaxassislarga minnatdorchilik bildirgan holda, kompaniya xizmatlarini O‘zbekistonda keng miqyosda ishlatilishi hamda mijozlarni mamnun qilishda davom etishlarida qo’llab-quvvatlashini ta’kidladi.