"O'zbekinvest" eksport-import sug'urta kompaniyasi eng faol xodimlarni munosib taqdirladi.

chop etish versiyasi
15.05.2024

"O'zbekinvest" eksport-import sug 'urta kompaniyasining yetakchi kompaniyalaridan biri 2023-yil yakunlari bo' yicha eng yuqori natijalarni ko 'rsatgan xodimlarga minnatdorlik bildirish maqsadida mukofotlash marosimini o' tkazdi.

Bir necha yillar davom etayotgan an'ana doirasida "O'zbekinvest" kompaniyasi 2023 yilda eng yaxshi natijalarni ko'rsatgan kompaniya xodimlarining mehnatsevarligi va professionalligini rag'batlantirishga qaratilgan navbatdagi mukofotlash marosimlarini o'tkazdi. Bu yil "Yilningeng yaxshi hududiy filiali", "Yilning eng yaxshi sug'urta bo'limi", "Yilning eng yaxshi anderrayteri", "Yilning eng yaxshi sug'urta da’volarini ko’rib chiquvchi mas’ul xodim" va "Xodimlar bilan ishlash bo’yicha ma’sul xodim" kabi nominatsiyalar bo'yicha g'oliblar aniqlandi.

2023 yilgi nominatsiyalar bo'yicha g'oliblar: 

  • "Yilningeng yaxshi hududiy filiali" - Toshkent shahri Madrahimov Ilhom. 
  • "Yilning eng yaxshi sug'urta bo'limi" - Navoiy viloyati Zarafshon shahridagi, Namangan viloyati Namangan tumanidagi, shuningdek Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on tumanidagi sug’urta bo’limlari.
  • "Yilning eng yaxshi anderrayteri" - Jumaniyazova Gauhar Saburovna, Vahobov Dilshodbek Asqarovich, Po'latov Samandar Begmurotovich, Sultonov Asatulla Anorboyevich, Sultonov Akmal Mustafxonovich, Qahhorov Bektosh, Kosimov Muhriddin Lutfiddinovich, Amonov Zoyir Saidakbar o'g'li, Tangirqulov Sherzod Egamberdiyevich, Toshpulatov Farhod Ergash o'g'li, kashenova Dinara Marat qizi, Maxkamov Erkin Ravshanovich, Sabirov Atanazar Atajanovich, Zuparov Aziz Joxongirovich.
  • "Yilning eng yaxshi sug'urta da’volarini ko’rib chiquvchi mas’ul xodim" - Hakimov Hakimjon Abduhamitovich, Nusurova Dildora.
  • "Xodimlar bilan ishlash bo’yicha ma’sul xodim" - Zaripova salomat

Ushbu tantanali tadbirlar joriy yilning 14-15 may kunlari bo'lib o'tdi va mintaqaviy filiallarning "O'zbekinvest"faoliyatidagi ahamiyatini ta'kidlashga imkon berdi.