“O'zbekinvest” milliy sug'urta kompaniyasi tizimida aholi bilan muloqot samaradorligini ta'minlash, kompaniya faoliyati va sug'urta xizmatlari haqida aholini xabardor qilish hamda mamlakatimizda sug'urta madaniyatini oshirish maqsadida har bir mijoz murojaati bilan ishlash tizimi yo'lga qo'yilgan.
Agar raqamlarga murojaat qilinsa, joriy yilning o'tgan 1-choragi davomida aholidan 5 ta murojaat kelib tushgan bo'lib, ularning 2 tasi qanoatlantirilgan va 3 tasi bo'yicha tegishli tushuntirishlar berilgan.
Shuningdek, kompaniyaning Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati filiallarida fuqarolar bilan ishlash yuzasidan seminarlar tashkil etilgan.
Ta'kidlash kerakki, kompaniya tizimida bosh direktor virtual qabulxonasi, ishonch telefon, tunu kun ishlovchi dispetcherlik xizmati, veb-saytda “Murojaatlarni ko'rib chiqish”, “Savol-javob” kabi ruknlarning mavjudligi aholi bilan ishlash borasida o'z samarasini bermoqda.
“O'zbekinvest” EIMSK Axborot xizmati