27.12.2022
"O'zbekinvest" EISK AJ tomonidan bayram oldi xayriya tadbirlarini davom ettirmoqda. Shulardan biri bugun, 27 dekabr kuni, Respublika onkologiya markazida o‘tkazildi. Tibbiy muolajalardan charchagan bolajonlar yuzlaridagi nim tabassum, onajonlarning minnatdorchiliklari Kompaniya o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga etganidan dalolatdir.