2020 yilda «O‘zbekinvest» kompaniyasi erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalaridagi tashkilotlarni sug‘urtalash hajmini 9 baravar oshirdi

chop etish versiyasi
04.03.2021

Jahon iqtisodiyoti uchun murakkab bo‘lgan 2020 yilda, pandemiya va karantin choralari bilan bog‘liq salbiy tendensiyalarga qaramay, «O‘zbekinvest» kompaniyasi tomonidan yerkin industrial iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hududida sug‘urta faoliyatining jadal rivojlanishini va biznesni sug‘urtalash sohasida yig‘ilgan sug‘urta mukofotlar hajmini 2019-yilga nisbatan 9 baravar oshirib, 7,2 mlrd so‘m sug‘urta mukofotlarini yig‘ilishini ta'minladi.

«O‘zbekinvest» kompaniyasi tomonidan 2020-yil davomida EIIZ va KSZ subektlari faoliyatida ro‘y bergan 5 ta sug‘urta hodisasi bo‘yicha 1,9 mlrd so‘m sug‘urta tovonlarini to‘lab berdi.

2021 yilda «O‘zbekinvest» erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalardagi tashkilotlar bilan faol ishlarni davom etishni, shu bilan birga ularning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqgan holda yangi sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqishni, eksportchilar uchun kompleks sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishni rejalashtirgan.

«O‘zbekinvest» EISK AJ Matbuot xizmati