Qashqadaryo filiali xodimlari uchun seminar

chop etish versiyasi
12.04.2022

"Sugʼurta bozorini raqamlashtirish va va hayot sugʼurtasi sohasini rivojlantirish qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi PQ-5265 sonli Qarorining ijrosini amalga oshirish maqsadida joriy yil 11.04.22 y. kuni "Oʼzbekinvest" SK ning Markaziy apparat vakillaridan Sugʼurtaning chakana savdo Departamenti Bosh menejeri Iroda Аrifxodjaeva va "Mahallabay"ishlash boʼyicha mutaxassis Samidullo Mahmudov ishtirokida Kompaniyaning Qashqadaryo filiali xodimlari uchun e-polislarni sotish va "Mahallabay" dasturi asosidagi ishlarni hududda tashkil etish borasida amaliy muloqot boʼlib oʼtdi.Unda ye- polisning boshqa polislardan farqi, uni rasmiylashtirish uchun zarur boʼlgan hujjatlar, qulaylik tomonlari, eʼtibor qaratish lozim boʼlgan holatlar xaqida toʼliq va mukammal tushuntirib berildi.