Yongʼin - tasodifiy yoki oʼz-oʼzidan kelib chiqadigan kimyoviy jarayon emas, balki tabiatdagi turli kutilmagan hodisalar yoki insonlarning ehtiyotsizligi natijasida yuzaga keladigan baxtsiz voqeadir. Аna shu baxtsizlikning oldini olish esa har bir fuqaroning va korxona va tashkilotlardagi rahbar va xodimlarning oʼz qoʼlida ekanligini unutmasliklari zarur.
Jahon yongʼin statistikasi tashkiloti (CTIF) ning maʼlumotlariga koʼra, dunyoda har yili oʼrtacha 9 mln.taga yaqin yongʼin yuz berib, oqibatda 90 ming odam halok boʼlmoqda. Аgar oʼrtacha olib qaraydigan boʼlsak, soatiga 1000 ta (daqiqasiga 17 ta) yongʼin sodir boʼlib, soatiga 10 nafar inson hayotdan koʼz yummoqda.
Respublikamizdagi yongʼinlar bilan bogʼliq vaziyat tahlil qilinsa, 1 kunda oʼrtacha 38 ta yongʼin yuz berayotganligini, har 2 kunda oʼrtacha 1 nafar inson hayotdan koʼz yumayotganligini, 2 kunda 3 kishi tan jarohati olayotganligining guvohi boʼlishimiz mumkin. Yongʼinlar oqibatida keltirilayotgan zarar esa 1 kunda oʼrtacha 106 mln. soʼmni tashkil etmoqda.
31.03.2022