Аksariyat hollarda yongʼinlar oqibatida hosil boʼlayotgan moddiy zararlarni qoplash davlat mablagʼlari hisobidan, korxona va tashkilotlar hisobidan, tadbirkorlik subʼektlari hisobidan va aholi hisobidan amalga oshirilmoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida yongʼinlar natijasida kutilmaganda yuzaga kelgan zararlarni qoplash koʼp hollarda tadbirkorlik subʼektlari yoki aholining moddiy jihatdan qiyin ahvolga tushib qolishiga sabab boʼlmoqda. Shu tufayli bunday moddiy zararlarni qoplash masalalariga oʼzgacha yondashish bugungi kun talabi hisoblanadi. Bunda sugʼurta tashkilotlari tomonidan taklif etilayotgan xizmatlardan foydalanishi muhim ahamiyat kasb etadi.Sugʼurtalash nafaqat yetkazilgan zararni qoplashni, balki yongʼin holatlarining oldini olish tizimining samarali mexanizmini yoʼlga qoʼyish imkonini beradi.
31.03.2022