O'zbekinvest 2020-yil Brendi deb ta’nlandi

chop etish versiyasi
22.05.2021

O'zbekinvest sug’urta kompaniyasi O'zbekiston sug'urta kompaniyalari orasida 2020-yil Brendi nominatsiyasida g'olib deb ta’nlandi, hamda, “Sug’urta bozori yetakchisi” maxsus mukofotiga sazovor bo’ldi.

Joriy yilning 16-apreldan 14-mayiga qadar mamlakatimiz aholisi O'zbekiston Marketing Assotsiatsiyasi (O’zMA) tomonidan uyushtirilgan tanlovda 24 sohada faoliyat yuritayotgan kompaniyalar orasida 2020-yilning Brendini tanlashdi. Bu yil iste'molchilar tanlov tarixida birinchi marta sug’urta xizmatlari, servisi va marketing faoliyati bilan ajrlagan eng yaxshi sug'urta kompaniyasi uchun ovoz berish imkoniyatiga ega bo’lishdi

Tanlov yakunlariga ko'ra, ovoz beruvchilarning aksariyati sug'urta kompaniyalari orasida O'zbekinvestni Yil Brendi deb tanladilar. Bu mukofot o’z navbatida kompaniyaning O'zbekiston sug'urta bozorining nafaqat moliyaviy natijalar, balki aholi orasida mashhurlik va ko'rsatilayotgan sug'urta xizmatlari sifati bo'yicha yetakchisi ekanligini isbotladi.

Shu bilan birga, respublika marketing va sug'urta sohasini rivojlantirishga, shuningdek, O'zbekiston Marketing Assotsiatsiyasi bilan uzoq muddatli hamkorlikka qo'shgan katta hissasi uchun O’zbekinvest "2020-yil O'zbekiston sug'urta bozorining yetakchisi" mukofotiga sazovor bo'ldi.

O'zbekinvest jamoasi barcha mijozlari va hamkorlariga “Yil Brendi” tanlovida bildirilgan ishonch va qo'llab-quvvatlash uchun minnatdorchilik bildiradi.

Kompaniya veb-sayti: insurance.uz

O’zbekinvest ijtimoiy tarmoqlarda:

Facebook: fb.com/Uzbekinvest

Instagram: @uzbekinvest

Telegram: t.me/uzbekinvestnic

Youtube: O'zbekinvest

Yandex.Musiqa: “Sug’urtada duv-duv gap”