Dekabr oyida mijozlarimizga 3.8 milliard so'mdan ortiq sug’urta tovonlarini to’lab berildi!
Dekabr oyida bayram kunlariga qaramay, "O'zbekinvest" jamoasi ish faoliyatini to'xtatmadi va shu davrda 776 nafar mijozlarga sug'urta tovonlari to'lab berildi. Koronavirus Covid-19 virusli kasalligiga chalingan mijozlarimizga 2.3 milliard so'mdan oshiq, avtomobillari yo'l-transport hodisasi yoki boshqa vaziyatlarda zararlangan mijozlarimizga esa 119.2 million so'm, baxtsiz hodisalar ro'y bergani sababli jabrlangan yurtdoshlarimizga bo'lsa 424.1 million so'mdan ortiq sug'urta tovonlari to'lab berildi.
"O'zbekinvest" doimo o'z mijozlari oldidagi majburiyatlarini o'z vaqtida va to'lliq bajarishni asosiy maqsad qilib qo'ygan. Agar Sizda sug'urta hodisasi ro'y bergan bo'lsa va qanday qilib sug'urta tovonlarini olish haqida savollaringiz bo'lsa, tunu-kun ishlovchi qo’ng’iroqlar markaziga murojaat qiling: 71 207 60 00
Sug'urta xizmatlari onlayn: insurance.uz