“O‘zbekinvest” kompaniyasining Buxoro viloyatidagi filialida eng faol xodimlar taqdirlandi

chop etish versiyasi
05.05.2023

Yil yakunida eng yaxshi natijalarga erishgan xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida “O‘zbekinvest” kompaniyasi tomonidan “Eng yaxshi hududiy filial”, “Eng yaxshi bo’lim”, “Eng yaxshi anderrayter”, “Eng yaxshi sug‘urta agenti” va “Xodimlar bilan ishlash bo‘yicha eng yaxshi xodim” nominatsiyalari bo‘yicha har yili tanlov o‘tkazilib kelinmoqda.

2022-yil yakuniga ko‘ra kompaniyaning Buxoro viloyati filiali barcha turdagi polislarni sotish bo‘yicha eng yuqori natijalarni ko‘rsatib, “Eng yaxshi hududiy filial” nominatsiyasida g‘olib bo‘lganini alohida ta’kidlash lozim.

photo_2023-05-03_16-47-32

Joriy yilning 3 may kuni Buxoro viloyati hududiy direktori, shuningdek, “O‘zbekinvest” bosh ofisi vakillari xodimlarni qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladilar.

photo_2023-05-03_16-59-15 (2)

“Eng yaxshi anderrayter”, “Eng yaxshi sug‘urta agenti” va “Xodimlar bilan ishlash bo‘yicha eng yaxshi xodim” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar:

Tolibov Alisher Amrulloevich (“Eng yaxshi anderrayter”)

photo_2023-05-03_16-59-14

Rajabov Shavkatjon Sharof O‘g‘li (“Eng yaxshi sug‘urta agenti”)

photo_2023-05-03_16-59-15

Bafaeva Zilola Turabovna (“Xodimlar bilan ishlash bo‘yicha eng yaxshi xodim”)

photo_2023-05-03_16-53-00

Kompaniya rahbariyati hududiy filiallarda faoliyat yurituvchi mutaxassislarga minnatdorchilik bildirgan holda, kompaniya xizmatlarini O‘zbekistonda keng miqyosda ishlatilishi hamda mijozlarni mamnun qilishda davom etishlarida qo’llab-quvvatlashini ta’kidladi.