Qibray tumanida tabiiy ofatlar xavfini sug‘urta qilishga oid aholi bilan uchrashuvlar tashkil etildi

chop etish versiyasi
10.10.2024

«2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorini amalga oshirish maqsadida “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi O‘zbekistonning mahalla va aholi punktlarida qishloq va shahar aholisining keng qatlamlarini sug‘urta himoyasini, shu jumladan aholining mol-mulki va yashash joylarini tabiiy ofatlardan sug‘urta qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyatini tubdan kengaytirdi.

Joriy yilning 8 oktyabr kuni “O‘zbekinvest” kompaniyasi hamda FVV Qibray tumani bo‘linmasi bilan birgalikda Aholi va hududlarni, fuqarolarning mol mulkini sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlardan muhofaza qilish mavzusida muloqot tashkil etildi.

Unda aholi yashash joylarida tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va boshqa favqulodda vaziyatlar yuzasidan ma'lumotlar berildi.