19.05.2022
Bugun, 19 may kuni “Oʼzbekinvest” EISK АJning Markaziy binosida «Sugʼurtada zamonaviy axborot texnologiyalarining oʼrni» mavzuidagi seminar trening oʼtkazildi. Jamiyat hududiy filiallari direktorlari va axborot texnologiyalari boʼyicha masʼul xodimlar uchun tashkil etilgan amaliy oʼquv mashgʼulotida zamonaviy elektron vositalaridan foydalanishdagi yangiliklar bilan tanishtirildi va internet tizimlarida sugʼurta ishlarini yuritish boʼyicha yanada imkoniyat yaratuvchi koʼnikmalar, takomilashtirilgan uslubiyatlar xaqida soʼz bordi. Seminar-trening dasturi boʼyicha nazariy va amaliy tadbirning davomi ertangi kunga ham rejalashtirilgan.