Konstitutsiyaviy qonun loyihasining targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir

chop etish versiyasi
25.04.2023

“O‘zbekinvest” kompaniyasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda kompaniyaining hududiy bo‘linmalari xodimlari xam videokonferensiya orqali ishtirok etishdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va O‘zLiDeP a'zolari tomonidan yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarish va qo‘shimchalarning inson hayotidagi o‘rni va ularning ahamiyati haqida batafsil ma'lumot berildi.

Yig‘ilishni “O‘zbekinvest” AJ Bosh direktori R.Azimov ochib berdi. R.Azimov muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar juda muvaffaqiyatli olib borilayotganligi haqida gapirib, barcha jabhalarda aholi uchun qulay sharoitlar yaratilayotganligi, davlat va xalq yaqin muloqotga kirishganligini, qonunchilikda va amaliyotda “Davlat – Jamiyat – Shaxs” tamoyili o‘rniga “Shaxs – Jamiyat - Davlat” tamoyili ilgari surilayotganligini ta'kidladi. Kun tartibiga kiritilgan masala dolzarbligi bois Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati va O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi sudyasini bugungi yig‘ilishga taklif etilganligini aytib o‘tdi.

Taklif etilgan mutaxassislar tomonidan bosh Qomusimizda raqobatbardosh milliy iqtisodiyot, xususiy tadbirkorlik va mulk huquqi kafolatlari mustahkamlanayotgani alohida qayd etildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.