Xalqaro sug‘urta bozoriga faol kirishi natijasida “O‘zbekinvest” kompaniyasi 2023-yilda xalqaro sug‘urta bozorida o‘z faoliyatini kengaytirib, qayta sug‘urta mukofotlarining yalpi yig‘ilishini 693,4 milliard so‘m miqdorida ta'minladi.
“O‘zbekinvest” qayta sug‘urtalash mukofotlarining yalpi yig‘ilishini 53 million dollar miqdorida ta'minladi. Kompaniya portfelidagi xalqaro sug‘urta ulushi so‘nggi yetti yil ichida 0,1 foizdan 48,5 foizgacha o‘sdi.
Allianz SE (Germaniya), Zurich Insurance Group (Shveysariya), Tokio Marine & Nichido Fire Insurance Co (Yaponiya), AXA (Fransiya), People Insurance Company of China (Xitoy), Korean Reinsurance Company (Janubiy Koreya), Marsh (AQSh), AON, UIB, Consilium Insurance Brokers Ltd. (Buyuk Britaniya) va boshqa shular kabi taniqli transmilliy sug‘urta va global qayta sug‘urtalash kompaniyalari va brokerlari bilan 331 ta qayta sug‘urtalash shartnomasi tuzildi
So‘nggi yetti yil ichida tashqi bozordagi qayta sug‘urtalash bo‘yicha to‘lovlarnig o‘sishi 130 dollardan qariyb 6 million dollargacha tashkil etdi.
Kompaniyaning 2023 yildagi ishonchliligi va moliyaviy barqarorligi yetakchi xalqaro va milliy reyting agentliklari tomonidan yana bir bor tasdiqlandi.
2023-yilning may oyida Standard & Poor’s va Fitch Ratings bilan bir qatorda "katta uchlik" xalqaro reyting agentliklaridan biri bo‘lgan Moody’s Investors Service Ltd. (AQSh) xalqaro reyting agentligi «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasining moliyaviy mustahkamlik reytingi prognozi «Ba3», «Ijobiy» darajasiga ko‘tarilganini rasman e'lon qildi.
Bu ko‘rsatkichlarning barchasi “O‘zbekinvest” kompaniyasi jahon sug‘urta bozorida faol va obro‘li ishtirokchi sifatida xalqaro e'tirofga sazovor bo‘lgani va obro‘sini mustahkamlaganini tasdiqlaydi.
“O‘zbekinvest” 2024-yilda sug‘urta va qayta sug‘urtalash xizmatlari hajmini kengaytirish, mijozlari va xalqaro hamkorlari uchun xalqaro standartlar darajasida xizmat ko‘rsatish samaradorligi, sifati va ishonchliligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni davom ettiradi.