“O‘zbekinvest” 2022 yil yakunlari bo‘yicha kompaniyaning hududiy filiallarida faol ishlagan xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida doimiy o‘tkazib kelinayotgan “Eng yaxshi hududiy filial”, “Eng yaxshi bo‘lim”, “Eng yaxshi anderrayter” , “Eng yaxshi sug‘urta agenti” hamda “Kadrlar bilan ishlash bo‘yicha eng yaxshi xodim” tanlovlari g‘oliblarini e'tirof etdi.
Tanlovning maqsadi 2022 yil yakunlari bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan xodimlarni aniqlab ularni munosib taqdirlashdan iborat edi. Joriy yilning 3 may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
2022 yil yakunlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialining g‘oliblari:
Aytov Kadamboy Iskandarovich («Yilning eng yaxshi sug‘urta agenti»)
Matkarimova Ayman Jengisbaevna («Yilning eng yaxshi anderrayteri»)
G‘oliblarni tabriklaymiz va erishilgan natijalar bilan to‘xtab qolmay, yangi marralarni zabt etishlarini tilab qolamiz.