«O‘zbekinvest» kompaniyasi milliy shkala bo‘yicha to‘lov qobiliyati va ishonchlilikning eng yuqori darajasi — «AAA» reytingiga sazovor bo‘ldi

chop etish versiyasi
14.11.2025

    Joriy yilning oktyabr oyida «SNS RATINGS» reyting agentligi «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasiga to‘lov qobiliyati va ishonchlilik bo‘yicha milliy shkaladagi eng yuqori — «AAA» reytingi, prognoz «Barqaror» deb rasman e’lon qildi.

    «SNS RATINGS» agentligi kompaniyalar va qarz instrumentlarining moliyaviy barqarorligini baholash sohasida ixtisoslashgan bo‘lib, moliya institutlari, xolding kompaniyalari va iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi korxonalar faoliyatini baholaydi hamda muntazam ravishda tahliliy tadqiqotlar va hisobotlar nashr etadi.

    «O‘zbekinvest» kompaniyasiga berilgan «AAA» reytingi — bu eng yuqori baholash hisoblanadi va u o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarish qobiliyati juda yuqori bo‘lgan tashkilotlarga beriladi.

    Reyting agentligi quyidagi bir qator ijobiy omillarni ta’kidlab o‘tgan:

- eksport faoliyatini sug‘urtalashda kompaniyaning muhim o‘rni;

- taqdim etilgan hisobotlarning ochiqligi va ishonchliligi;

- bozorda uzoq yillik faoliyat tajribasi;

- aksiyadorlar tomonidan kuchli qo‘llab-quvvatlash;

- to‘lov qobiliyatining yuqori ko‘rsatkichlari;

- sug‘urta faoliyati rivojlanishining yaxshi dinamikasi va boshqalar.

    «SNS RATINGS» agentligining fikricha, kelgusida ham «O‘zbekinvest» kompaniyasining biznes ko‘lami kengayadi va natijada respublika sug‘urta bozorida uning mavqei va ulushi yanada mustahkamlanadi.

    Shu bilan birga, 2025 yilning 9 oyi yakunlariga ko‘ra, kompaniyaning jami sug‘urta mukofotlari yig‘imi 1,178 milliard so‘mni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 145 foiz o‘sishni ko‘rsatadi.
Qayta sug‘urta mukofotlari hajmi 50,5 million AQSH dollariga yetdi, kompaniyaning umumiy portfelida xalqaro qayta sug‘urtaning ulushi 53 foizni tashkil qildi.

    Joriy yilning 9 oyi davomida milliy tovar va xizmat eksportchilariga 2,4 mlrd AQSH dollari miqdorida sug‘urta himoyasi taqdim etildi.
Korporativ segmentda sug‘urta mukofotlari yig‘imi 297,9 mlrd so‘mga yetdi (2024 yilning shu davriga nisbatan 151 foiz o‘sish), shundan 51,1 mlrd so‘m investitsiya loyihalarini sug‘urtalashga to‘g‘ri keladi.

    Bundan tashqari, 2025 yil may oyida «A.M. Best Company» xalqaro reyting agentligi «O‘zbekinvest» kompaniyasining reytinglarini «B» va «bb» darajasida «Barqaror» prognozi bilan tasdiqladi.
Shu yil iyun oyida xalqaro reyting agentligi «Moody's Ratings» kompaniyaning moliyaviy barqarorlik reytingi bo‘yicha prognozini «Ba2» («Barqaror») darajasidan «Ba2» («Ijobiy») darajasiga ko‘tardi, bu O‘zbekistonning bank-moliya sektori tashkilotlari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir.

    «O‘zbekinvest» kompaniyasi izchil rivojlanish strategiyasiga sodiq qolgan holda, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, raqamlashtirish darajasini oshirish hamda mijozlar ishonchini ichki va tashqi bozorlarda yanada mustahkamlashni davom ettiradi.