"O'zbekinvest" sug'urta kompaniyasining bosh ofisida O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ko'magida "Direktorlar va menejerlarning javobgarligini sug'urtalash" va "Bank xatarlarini sug'urtalash" mavzularida onlayn trening bo'lib o'tdi.
Ushbu seminar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi PQ-4412-sonli "Sug'urta bozorini isloh qilish va uni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi farmonini amalga oshirish, muammolarni o'rganish va hal etishga qaratilgan. Sug'urta bozorini tajribali mutaxassislar bilan ta'minlash, ularga o'z mutaxassisliklari bo'yicha amaliy ko'nikmalarni o'rgatish, texnologiya va mehnatning ilg'or usullarini o'zlashtirish.
Seminarning taklif qilingan ma'ruzachisi Vladimir Novak - "SEALINE Insurance Brokers LTD (Rossiya) bosh direktorining o'rinbosari trening ishtirokchilariga direktorlar va menejerlar uchun javobgarlikni sug'urtalashning usularin,qonun-qoidalarini shuningdek xalqaro xavf-xatarlarga muvofiq bank xatarlarini sug'urtalash to'g'risida batafsil ma'lumot berdi.
Ushbu o'quv seminarni keng jamoatchilikka taqdim etishda ishtirok etgan barcha aktsiyadorlik jamiyatlari va tijorat banklari vakillariga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.