Dublyor kuni

chop etish versiyasi
15.08.2022

12 avgust kuni "Oʼzbekinvest" EISK АJ tomonidan "Yosh mutaxassis kuni" deya nomlandi.Unda rahbariyat va barcha tuzilmalarda faqatgina yosh kadrlar ish yuritdilar, yaʼni Kompaniya faoliyati bir ish kuni maboynida butunlay yoshlar qoʼliga oʼtdi. Kun maboynida sugʼurta bozoridagi oʼzgarishlar, Kompaniyani boshqarish sirlari, foyda qaerdayu, zararni oldini olishdagi tavakallchilik ilmi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʼldilar. Yosh kadrlarning hisobotlari kun oxirida oʼz ish joylariga qaytib oʼtirgan malakali mutaxassislar bilan tahlil qilindi va xulosalar rahbariyatga topshirildi. "Yosh mutaxassis kuni" yoshlarga yangi tajriba, yangi yoʼnalish va eng asosiysi, kelajakka boʼlgan ishonch va umidni bagʼishlasa, malakali mutaxassislar va Kompaniya boshqaruvi uchun oʼz ishi bilan ajralgan yoshlar faoliyatiga yangicha yondashuv kiritishga omil boʼlib xizmat qiladi.