Oʼzbekiston Respublikasining 2022 yil 25 fevraldagi “Sugʼurta faoliyati xaqida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 01 fevralь 2003 yildagi “Sugʼurta agentlari xaqida”gi №1213-sonli Nizomi va Kompaniyaning 28 fevralь 1997 yildagi Nizomida aks etgan hujjatlar asosida 2010 yildan beri har yili oʼtkazilayotgan koʼrik tanlov “Oʼzbekinvest”SK hayotida odatga aylanishga ulgurgan. Xodimlar orasidan eng shijoatlisini, sidqidildan xizmat qilib,nafaqat “Oʼzbekinvest” SKning daromadiga, balki yurtimiz sugʼurta bozori rivojiga oʼziga xos hissa qoʼshayotgan, Kompaniya hayotida yonib ishlayotgan, sadoqatli xizmat qilayotganlarning mehnatini Kompaniya rahbariyati doimo ulugʼlagan va qoʼllab quvvatlagan. Shu kunlarda “Oʼzbekinvest” Sugʼurta Kompaniyasining barcha hududiy filiallarida 2021 yil yakunlari boʼyicha ”Eng yaxshi hududiy filial”, “Eng yaxshi anderrayter”,”Eng yaxshi sugʼurta agenti” va “Eng yaxshi xodimlar bilan ishlash boʼyicha eng faol xodim” tanlovi gʼoliblarini tantanali tabriklash marosimi oʼtkazildi.
30.04.2022