"Oʼzbekinvest” SK si bilan Toshkent Moliya institutining hamkorlik Memorandumi asosida nazariy va amaliy bilimlarni uzviy bogʼlash maqsadida Kompaniya negizida ochilgan "Sugʼurta va pensiya ishi" kafedrasining filiali oʼz faoliyatini davom ettirmoqda.
Joriy yil 21 may kuni “Sugʼurta maktabi”ning oʼquv dasturi rejasiga asosan, Toshkent Moliya institutining 3-4- kurs talabalari uchun navbatdagi oʼquv mashgʼuloti boʼlib oʼtdi.
Oʼquv mashgʼuloti Kompaniyaning Bosh buxgalteri oʼrinbosari Ikrom Qahhorov tomonidan olib borildi. Mashgʼulot maboynida “Sugʼurtada investitsion faoliyat" va "Sugʼurta zahiralari” mavzularida maʼruza boʼlib oʼtdi. Unda sugʼurtada investitsiyaning mohiyati va zahiraning ahamiyati, dolzarbligi, rentabellik koʼrsatkichlarlarining tahlili hamda qonuniy asoslari xaqida soʼz bordi
26.05.2022