“O‘zbekinvestdan suyunchi” aksiyasi ikkinchi mavsumining 12 nafar g‘olibi aniqlandi.

chop etish versiyasi
27.03.2023

Do'stlar! Xabaringiz bor, 2022-yil sentabrdan 2023-yil 28-fevralgacha “O‘zbekinvest” kompaniyasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan “O‘zbekinvestdan suyunchi” aksiyasi o‘tkazildi.

Aksiya sovrinlari qatorida televizorlar, muzlatgichlar, konditsionerlar, IPhone 13 Pro smartfonlari, shuningdek, bosh sovrin – Chevrolet Gentra avtomobili ham bor edi.

25 mart kuni soat 18.00 da Zo‘r TV telekanalining jonli efirida ushbu sovrinlar o‘yini bo‘lib o‘tdi. G'oliblar lototron barabani orqali aniqlandi, unda ishtirokchi haqidagi ma'lumotlar ko'rsatilgan kartalar joylashtirilgan edi. G‘oliblarni aniqlash uchun maxsus mehmon – taekvondochi, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari chempioni Ulug‘bek Rashidov sahnaga taklif etildi.

Ta’kidlash joizki, “O‘zbekinvest” aksiyasining joriy mavsumida mamlakatimizning barcha hududlaridan 30 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

Demak, “O‘zbekinvestdan suyunchi” aksiyasining ikkinchi mavsumi g‘oliblari:

Bosh sovrin - Chevrolet Gentra avtomobili:

Qosimov Ayapbergen (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

Sovrinlar - 3 ta konditsioner:

Xodjiyev Boburjon (Samarqand viloyati)

Usmonov Obidjon (Toshkent sh.)

Polvonov Komiljon (Buxoro viloyati)

Sovrinlar - 3 ta muzlatgich:

Adizov Azim (Buxoro viloyati)

Baxriddinov G‘ayrat (Jizzax viloyati)

Raziqov Ikromjon (Toshkent sh.)

Sovrinlar - 3 ta televizor:

Xoliqov A’zam (Farg‘ona viloyati)

Axadov Yunus (Surxondaryo viloyati)

Salaydinov Ahmadjon (Farg‘ona viloyati)

Sovrinlar - 2 ta Iphone 13 Pro smartfoni:

Rahimov Sayfullo (Qashqadaryo viloyati)

Hakimova Fazilat (Namangan viloyati)

“O‘zbekinvest” mijozi sifatida siz nafaqat o‘z mulkingizni ishonchli himoya qilishingiz, balki qimmatbaho sovg‘alarni yutib olish imkoniyatini qo‘lga kiritishingiz mumkin.

Barcha ishtirokchilarga minnatdorlichilik bildiramiz va g'oliblarni tabriklaymiz!

“Zo’r TV” telekanalining jonli efiridan yozib olingan video bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.