Xalikov Rustam Baxtiyorovich «O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi direktorlar Kengashining 2019-yil 20-iyundagi yig'ilishi bayoniga muvofiq «O'zbekinvest» EIMSK bosh direktorining eksport oldi va eksport sug'urtasi masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ta'kidlash joiz, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-maydagi 4337-sonli «Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug'urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qaroriga muvofiq kompaniya tuzilmasida bosh direktorning birinchi o'rinbosari lavozimi joriy etilgan edi.
Bosh direktorning birinchi o'rinbosari xizmat vazifasi eksportni sug'urtalash orqali qo'llab-quvvatlash bo'yicha kompaniya faoliyatini muvofiqlashtirishni o'z ichiga oladi.
Rustam Xalikov shu paytga qadar «Xalq sug'urta» sug'urta kompaniyasi bosh direktori lavozimida ishlagan.
«O'zbekinvest» EIMSK axborot xizmati