“O‘zbekinvest” kompaniyasi 2022 yil yakunlari bo‘yicha Toshkent shahri va viloyati bo‘ylab eng faol xodimlarni taqdirladi

chop etish versiyasi
05.05.2023

Joriy yilning 5 may kuni “O‘zbekinvest” kompaniyasining Bosh ofisida Toshkent shahri va Toshkent viloyati filiallari xodimlarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bunda 2022 yil yakunidagi ko‘rsatkichlariga ko‘ra “Eng yaxshi hududiy filial”, “Eng yaxshi bo‘lim”, “Eng yaxshi anderrayter”, “Eng yaxshi sug‘urta agenti” va “Xodimlar bilan ishlash bo‘yicha eng yaxshi xodim” nominasiyalari bo‘yicha tanlov g‘oliblari “O‘zbekinvest” kompaniyasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

G‘oliblarga sovg‘alarni “O‘zbekinvest” kompaniyasi bosh direktorining o‘rinbosari A.Asatullaev topshirdi va u tadbirning barcha ishtirokchilarini qutlar ekan, g‘oliblarga kompaniya ravnaqi uchun qo‘shayotgan hissalari uchun minnatdorchilik bildirgan holda, kompaniya xizmatlarini O‘zbekistonda keng miqyosda ishlatilishi hamda mijozlarni mamnun qilishda davom etishlarida qo‘llab-quvvatlashini ta'kidladi. 

2022 yil yakunlari bo‘yicha Toshkent shahri va viloyati filiallari g‘oliblari:

  1. "Yilning eng yaxshi anderrayteri"

Kashenova Dinara Marat qizi (Toshkent viloyati filiali)

Gayupov Dilshodjon Rustamjon o‘g‘li (Toshkent shaxar filiali)

  1. "Yilning eng yaxshi bo‘limi"

Toshkent shahar filiali “Markaziy” bo‘limi

  1. "Yilning eng yaxshi sug‘urta agenti"

OOO “SELFIE TRAVEL” (Bosh direktor - Muxrumbaev Ravshan Ma'rufjanovich)

  1. "Xodimlar bilan ishlash bo‘yicha eng yaxshi xodim"

Shaxabutdinova Saida Usmanbekovna (Toshkent shahar filiali)

Bu kabi tadbirlar joriy yilning may oyida Kompaniyaning 14 ta hududiy filiallarida bo‘lib o‘tmoqda.