Joriy yilning 22 mayidan – 5 iyuniga qadar “O‘zbekinvest” EISK AJning rahbar xodimlari va hududiy filiallar rahbarlari malaka oshirish maqsadida xorijiy yirik sug‘urta, qayta sug‘urta va brokerlik kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan maxsus o‘quv dasturida ishtirok etish uchun Germaniyaning Gannover, Leyptsig, Myunxen va Frankfurt-na-Mayne shaharlarida xizmat safarida bo‘ldilar.
Xizmat safari davomida 5 ta yirik sug‘urta kompaniyasi, 2 ta qayta sug‘urta, 1 ta sug‘urta kompaniyalari palatasi va bir qator sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlik kompaniyalar va ayrim yirik sanoat korxonalarining malakali mutaxasisslari bilan sug‘urta qaltisliklarini o‘rganish bo‘yicha ular tomonidan o‘quv kurslari tashkil etildi. Umuman olganda xizmat safari davomida 30 dan ortiq mutaxassislar tomonidan maʻruza va taqdimotlar qilindi.
O‘quv yakunida barcha ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan sertifikatlar topshirildi.