TDIU talabalari “O‘zbekinvest” o‘tkazgan tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

chop etish versiyasi
24.12.2024

“O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi “Sug‘urta sohasida eng yaxshi ilmiy-tadqiqot ishi uchun grant ajratish” tanlovini e’lon qilgandi. Bugun, 24-dekabr kuni mazkur tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi mas'ul xodimlari, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Bank-moliya akademiyasi professor-o‘qituvchilari, talaba yoshlari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan kompaniya bosh direktori o‘rinbosari A.Asatullayev so‘nggi 7 yil davomida kompaniya tomonidan talaba yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, kompaniya biznes jarayoniga zamonaviy texnologiya va ilm-fan yutuqlarini izchil joriy etish borasida qator ishlar amalga oshirilayotganligini ta'kidladi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Soliqlar va byudjet hisobi fakulteti talabalari M.Muxamedjanova va J.Ziyayevlar tomonidan tayyorlangan ilmiy-tadqiqot ishi yuqori baholandi hamda ularning har biriga 4 000 000 so‘mlik grant mablag‘lari ajratildi. Shuningdek, bu talabalarning ilmiy rahbarlari, universitet “Sug‘urta ishi” kafedrasi professorlari X.Shennayev va O.Yuldashev 3 000 000 so‘mlik pul mablag‘lari bilan mukofotlandi.