“O’zbekinvest” EISK” AJ aksiyadorlari diqqatiga!

chop etish versiyasi
19.07.2024

Ushbu bilan «Oʼzbekinvest» EISK» АJ aktsiyadorlarining 2024 yil 26 iyunda boʼlib oʼtgan yillik umumiy yigʼilishi qaroriga asosan, joriy yilning 18 iyuldan boshlab jamiyatning imtiyozli aktsiyalari egalariga dividendlar toʼlanishi boshlanganligini maʼlum qilamiz.

Yuqoridagilarni inobatga olib, dividendlarni toʼlash uchun quyidagi havolaga oʼtib arizangizni toʼldirib, to’ldiriligan arizangizni, pasportingizning nusxasini, STIR va SHJBPHni treasury@uzbekinvest.uz elektron pochtasiga yuborishingizni soʼraymiz.

Dividendlar toʼlanadigan aktsiyadorlar roʼyxati 2024 yil 20 iyun holatiga tuzilgan.

Qoʼshimcha maʼlumot uchun Jamiyatga +998 78 120-03-52, +998 78 120-03-50 yoki anderrayterga +998 71 286-20-31, +998 71 286-20-32 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.