«Oʻzbekinvest» EISK» АJ aksiyadorlarining diqqatiga!

chop etish versiyasi
23.01.2025

«Oʻzbekinvest» EISK» АJ 2025 yil «12» fevral kuni soat 15:00 da Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Choʻpon ota koʻchasi, 6-uy manzilida joylashgan jamiyatning maʼmuriy binosida «Oʻzbekinvest» EISK» АJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi oʻtkazilishini eʼlon qiladi.

Kun tartibi:

  1. «Oʻzbekinvest» EISK» АJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish tartibi va sanoq komissiyasining shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
    2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 martdagi PQ-102-sonli qaroriga muvofiq «Oʻzbekinvest» EISK» АJning ustav kapitalidagi davlat ulushini kamaytirish.
    3. «Oʻzbekinvest» EISK» АJning Ustavini yangi tahrirda tasdiqlash.
    Аksiyadorlarni roʻyxatga olish yigʻilish kuni soat 14:00 da oʻtkaziladi.

Аksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega aksiyadorlar roʻyxati 2024 yil «06» fevral holatiga tuziladi.

Аksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida siz aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishining quyidagi materiallari bilan tanishishingiz mumkin:

- «Oʻzbekinvest» EISK» АJ Ustavining yangi tahririning loyihasi.

Telefon: (+99878) 120-03-50

Elektron pochta: office@uzbekinvest.uz.

Kuzatuv kengashi